Loyihalarga qaytish

MVPAgrotech
Contra Farm
Chorvachilik jarayonlarini raqamlashtiruvchi tizim: hisob, kamera, aqlli bo‘yinbog‘ va xodimlar.
Muammo
Ko‘pchilik chorva xo‘jaliklari hisobni daftar yoki xotirada yuritadi. Yem sarfi, kasallik belgilar va xarajatlar o‘z vaqtida ko‘rinmaydi, egasi esa fermada bo‘lmasa nima bo‘layotganini bilmaydi.
Yechim
Kirim-chiqim, xarajat, yem va xodimlarni boshqarish moduli; onlayn kamera orqali masofadan kuzatuv; aqlli bo‘yinbog‘ orqali har bir molning faolligi va holati bo‘yicha signal.
Loyiha haqida
Contra Farm fermer xo‘jaligining kundalik ishini bitta tizimda boshqaradi: kirim-chiqim va xarajatlar hisobi, yem zaxirasi, xodimlar vazifalari, onlayn kameralar va aqlli bo‘yinbog‘lardan keladigan mol holati haqidagi ma’lumotlar.
Mahsulot
- Kirim, chiqim va xarajatlar hisobi
- Yem zaxirasi va sarfini nazorat qilish
- Xodimlar va vazifalar boshqaruvi
- Onlayn hisobli kameralar
- Aqlli bo‘yinbog‘: faollik va sog‘liq signallari