
OnlineAudit
Raqamli buxgalter: buxgalterlar va mijozlar uchun markazlashgan tizim.
Startaplar, mutaxassislar va imkoniyatlarni bir joyga jamlaymiz. G‘oyangizni keyingi bosqichga olib chiqing.
Startups House — startup asoschilari, mutaxassislar, mentorlar va advisorlarni bir joyga jamlaydigan platforma. G‘oyadan daromad keltiradigan mahsulotgacha bo‘lgan yo‘lda yoningizdamiz.
Missiya
Maqsadimiz — g‘oyalar uchun dasturiy yechim yaratishga yordam berish, g‘oyani takomillashtirish va startapni daromadga chiqishiga ko‘maklashish.
Startup asoschilari, o‘z tajribasini ulashishga tayyor mutaxassislar, hamda startup ekotizimini qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlar uchun.
G‘oyangiz uchun to‘g‘ri texnologiyani tanlash va dasturiy yechimni yaratishda yordam beramiz.
G‘oyani bozor va foydalanuvchi ehtiyojlari asosida sinab, kuchli mahsulot konsepsiyasiga aylantiramiz.
Biznes model, sotuv va o‘sish yo‘lini birga qurib, startapni birinchi daromadga olib chiqamiz.
Startups House hamjamiyatidagi tanlangan loyihalar.

Raqamli buxgalter: buxgalterlar va mijozlar uchun markazlashgan tizim.

Chorvachilik jarayonlarini raqamlashtiruvchi tizim: hisob, kamera, aqlli bo‘yinbog‘ va xodimlar.

Telegram, Instagram, LinkedIn, YouTube, Yandex va Google Ads bo‘yicha mahalliy va xorijiy mutaxassislar platformasi.

O‘zbekiston va MDH IT kompaniyalarining markazlashgan platformasi: solishtirish va tender.

Toshkentdagi kompyuter klublarida bo‘sh kompyuterlarni real vaqtda topish platformasi.

Eksteryer va interyer dizayn kompaniyalari uchun ichki boshqaruv CRM tizimi.
Murojaatdan birinchi aniq qadamgacha — to‘rt bosqich.
Qisqa forma orqali g‘oyangiz yoki ehtiyojingiz haqida yozing.
Jamoamiz murojaatni ko‘rib chiqadi va kerak bo‘lsa aniqlashtiruvchi savollar beradi.
Vazifaga mos mutaxassis, mentor yoki advisorni taklif qilamiz.
Kelishilgan reja asosida ishni boshlaymiz.
Tajribasini startaplar bilan ulashishga tayyor insonlar.
Texnologiya tanlash, arxitektura va birinchi versiyani qurishni birga rejalashtiramiz — g‘oyadan ishlaydigan mahsulotgacha.
Go-to-market strategiya, birinchi mijozlar, sotuv kanallari va marketingni birga quramiz.
Biznes model, narxlash va monetizatsiyani qayta ko‘rib chiqib, startapni daromadga olib chiqamiz.
Dasturchi, dizayner yoki mahsulot menejeri — loyihangizga mos mutaxassislarni topishga yordam beramiz.
Mutaxassis, mentor yoki advisor sifatida startaplarga yordam bering va qiziqarli jamoalarga qo‘shiling.
Startup ekotizimini birga rivojlantirish uchun dasturlar, tanlovlar va qo‘shma loyihalar.
Javob topmasangiz, bizga yozing.
Startups House — startup asoschilari, mutaxassislar, mentorlar va advisorlarni bir joyga jamlaydigan platforma. Bu yerda loyihalar bilan tanishish, mos mutaxassisni topish va murojaat qoldirish mumkin.
Yo‘q. Startups House venture fond emas va startaplarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritmaydi. Biz g‘oyalar uchun dasturiy yechim yaratish, g‘oyani takomillashtirish va startapni daromadga chiqarishda yordam beramiz.
Turli yo‘nalishdagi startaplar bilan: g‘oya bosqichidan tortib o‘sish bosqichidagi mahsulotlargacha. Har bir murojaat alohida ko‘rib chiqiladi.
Ha. Murojaat formasida “Startup/g‘oya” turini tanlang va g‘oyangizni qisqacha yozing. Bosqich sifatida “G‘oya”ni belgilang.
Murojaat formasida “Mutaxassis/mentor/advisor sifatida qo‘shilish” turini tanlang, rolingiz va mutaxassisligingizni yozing. Jamoamiz siz bilan bog‘lanadi.
Avval murojaat qoldirasiz, so‘ng jamoamiz taklifingizni o‘rganib, siz bilan bog‘lanadi va birgalikda keyingi qadamlarni kelishib olamiz.
Formada ko‘rsatgan aloqa kanalingiz — telefon, Telegram yoki email orqali siz bilan bog‘lanamiz.
G‘oya, maslahat yoki hamkorlik bo‘yicha yozing. Murojaatingiz jamoamizga yetib boradi.