Loyihalarga qaytish

MVPGaming
Joy bormi?
Toshkentdagi kompyuter klublarida bo‘sh kompyuterlarni real vaqtda topish platformasi.
Muammo
O‘yinchilar klubga borib, joy yo‘qligini shundagina biladi va vaqt yo‘qotadi. Klublar esa bo‘sh soatlarda yuklamani oshirish va yangi mijozlarni jalb qilish vositasiga ega emas.
Yechim
Klublarning boshqaruv tizimlari bilan integratsiya orqali kompyuterlar bandligi real vaqtda xaritada ko‘rinadi; o‘yinchi yaqin klubni tanlab, joyni oldindan band qiladi.
Loyiha haqida
“Joy bormi?” Toshkentdagi kompyuter xonalarini bitta xaritaga jamlaydi va har bir klubdagi bo‘sh hamda band kompyuterlarni real vaqtda ko‘rsatadi. O‘yinchi borishdan oldin joy borligini biladi va kerak bo‘lsa oldindan band qiladi.
Mahsulot
- Toshkent kompyuter klublari xaritasi
- Bo‘sh/band kompyuterlar real vaqtda
- Klub xususiyatlari: kompyuter konfiguratsiyasi, narx, ish vaqti
- Oldindan band qilish